"Metallurg" murabbiyi Ilyos Qurbonov: "Hisob o'yinga mos bo'lmadi"

Administrator
2 apr 2023, 22:00
Coca-Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan “Metallurg” – “Paxtakor” (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Qurbonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Ko'p vaqtimiz yo'q edi va 3-4 kun ichida raqibni o'rganib chiqib reja tuzgandik. O'ylaymanki, biz rejani amalga oshira oldik, faqat uni yakunlashga kelganda xatolar qildik. Tarkibimizdagi yosh futbolchilarga bugun Cherandek mahorat yetishmadi. Dragan singari futbolchilar yarimta vaziyatdan ham unumli foydalana oladi. Himoyachilarga unga nisbatan yaqin masofada harakat qilish kerakligini takidlagan edim. Ular e'tiborni yo'qotishdi. O'tkazib yuborilgan ikkinchi gol umuman kerak emasdi. Fikrimcha, hisob o'yinga mos bo'lmadi.

Obradovich shamollab qolgani sabab bugun jamoamizga yordam bera olmadi. Yuqorida takidlaganimdek, tayyorgarlik uchun 3-4 kun vaqtimiz bo'ldi xolos. Bunday qisqa vaqtda kuchli mutaxassislar ham jamoani yaxshi tayyorlay olmaydi.

Kelgusi turdagi “So'g'diyona”ga qarshi bahs uchun jamoani yangi xorijlik mutaxassis tayyorlaydi. Umid qilamanki, u “Metallurg”da yaxshi o'yinni yo'lga qo'yadi”, – dedi Qurbonov.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: pfl.uz