

"2021 yilgi mavsum so'ngidan "Metallurg" jamoasida bosh murabbiy lavozimida ishlab kelayotgan ispaniyalik mutaxassis Luisma Ernandes bilan klub o'rtasidagi shartnoma muddati yana bir yilga uzaytirildi.
Klub rahbariyati "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazilgan oxirgi uchrashuvidan keyin Luisma Ernandesning bo'lg'usi mavsum rejalarini muhokama etdi.
Yakunda 2023 yilgi milliy chempionatda ham hamkorlik davom ettirishga kelishib olindi", – deyiladi xabarda.
Ma'lumot o'rnida, "Metallurg" Luisma Ernandes qo'l ostida yakunlangan mavsumni 10-o'rinda tugatdi.



