

Poytaxt viloyati vakillarining raqibi Iroqning “Al Naft” jamoasi bo'ladi. Raqib ancha jiddiy, bu yilgi mavsumda o'z mamlakati chempionatida peshqadamlik qilmoqda. O'tkazilgan 18 uchrashuvning 12 tasida g'alaba qozongan, 4 ta o'yinda durang o'ynagan, 2 ta uchrashuvda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi 30:8. “Al Naft” 40 ochko jamg'argan holda chempionatda birinchi o'rinni egallab turibdi. Ma'lumot o'rnida, futbol bo'yicha Iroq milliy chempionati Superligasida jami 20 ta jamoa qatnashadi va u kuz hamda bahor tizimida o'tkaziladi.
“Al Naft” – “Metallurg” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.



