"Metallurg" akademiyasi yopiladimi? Akademiya bunga javob berdi

Tolibjon Qosimov
27 dek 2024, 16:14
So'nggi paytlarda qator OAVlarda akademiyamiz haqida, xususan, akademiya faoliyatini to'xtatayotgani haqidagi xabarlar tez-tez paydo bo'lmoqda.

Joriy yilning 20 dekabr kuni akademiya rahbariyati tomonidan yil yakunlariga bag'ishlangan ota-onalar majlisi tashkil etildi. Akademiyaning kelgusidagi faoliyati bo'yicha aniq rejalar e'lon qilindi, shu jumladan:

- Barcha yosh toifalarida ispan metodologiyasini tadbiq etish;

- Futbolchilarni asosiy jamoa tarkibida debyutga tayyorlash;

- Xalqaro va mahalliy futbol turnirlarida ishtirok etish;

- "Metallurg" brendi va sport tamoyillarini mustahkamlash;

- Akademiyaga yangi mutaxassislarni jalb etish.

Ayni paytda yangi mavsumda yaxshiroq natijalarni qayd etishga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Ishonchimiz komilki, 2025 yil akademiyamiz tarixidagi eng yaxshi yillardan biri bo'ladi.


Akademiyamiz faoliyatiga oid tasdiqlanmagan xabar va ma'lumotlarni tarqatishni noo'rin deb hisoblaymiz. Biz ommaviy axborot vositalarini va internet-nashrlarini ularni qiziqtirgan har qanday savollar bo'yicha biz bilan bog'lanishga chaqirib qolamiz. Biz har doim muloqotga ochiqmiz.

Bekobodda futbol o'lmoqda. "Metallurg" ketidan Shavkat Mirziyoev tashrif buyurgan akademiya ham yopiladi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: t.me/metallurgacademy