Messining fintini takrorlamoqchi bo'lgan hindistonlik futbolchi vafot etdi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2018, 12:35
Hindistonlik futbolchi Sagar Das vafot etdi.

"India Today" xabariga ko'ra, 20 yoshli Sagar Argentina termasi hujumchisi Leo Messining ashaddiy muxlisi bo'lgan. U mahalliy ligadagi o'yini vaqtida Messining fintlarini ko'p bajargan.

U hayotidagi so'nggi bahsi vaqtida Messining yana bir fintini takrorlamoqchi bo'ldi, biroq muvozanatni yo'qotib, to'pga qoqilib ketdi. Natijada ko'kragi bilan to'pga urildi. Futbolchi shifoxonada vafot etgan.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Indian Today