

"Real" ertaga "Selta"ga qarshi La Liga 1-turini o'tkazadi.
"Qaymoqranglilar"ning yangi o'yinchisi Eden Azar o'ng sonidan olgan jarohati tufayli ushbu o'yinni o'tkazib yuboradi.
Bu haqda madridliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Oldinroq, "Barselona" sardori va yetakchisi Lionel Messi ham Ispaniya chempionati 1-tur o'yinini o'tkazib yuborishi haqida rasmiy xabar chiqqan edi.
Azar "Real"da, Grizmann "Barsa"da, Feliks "Atletiko"da. Ispaniya chempionati yangi mavsum anonsi




