Messida jarohat bor

Aslanov Jasurbek
7 apr 2018, 11:02
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining oyog'ida shikastlanish mavjud.

Futbolchi "Roma"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final o'yinidan (4:1) so'ng, kiyinish xonasida hali ham oyog'ida og'riqni his qilayotganini aytdi. Messi iloji boricha tezroq safga qaytish umidida.

Argentinalik joriy mavsum LaLiganing 29ta uchrashuvida 26ta gol urib, 12ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS