Messi jarohatidan qutuldi va Atletikka qarshi o'ynay oladi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2014, 08:12
Barselona hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 3-turidan o'rin olgan Atletikka qarshi o'ynay oladi.
27 yoshli argentinalik futbolchi jarohatidan qutuldi va maydonga qaytishga tayyor, deb xabar bermoqda AS.

Messi 2-turda Vilyarrealga qarshi o'yinda jarohat olgandi (1:0).

Barselona – Atletik uchrashuvi shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru