Messi jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
1 sen 2014, 09:09
Barselona hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati 2-turida Vilyarrealga qarshi o'yinda (1:0) jarohat oldi.
27 yoshli futbolchi uchrashuvda to'liq o'ynadik, ammo uchrashuvdan so'ng uning mushaklari shikastlangani ma'lum bo'ldi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Bundan tashqari ushbu bahsda Barselona hujumchisi Munir El-Xaddadi ham jarohat oldi.

Futbolchilar seshanba kuni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tgach qachon safga qaytishlari ma'lum bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru