Messi Xavini ortda qoldirib, La Liga rekordini o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
19 iyul 2020, 22:30
Ispaniya chempionatining so'nggi turi doirasida kataloniyaliklar safarda “Alaves”ni tor-mor (5:0) keltirdi.

Uchrashuvda mezbonlar yetakchisi Lionel Messi dublga erishdi va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirdi. Shu tariqa, Messi chempionat joriy mavsumidagi assistlari sonini 21 taga etkazib, sobiq jamoadoshi Xavini (20 pas) ortda qoldirgan holda musobaqa rekordini o'rnatdi.

Eslatib o'tamiz, argentinalik bu mavsum La Ligada 25 ta gol urishga ham erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/ESPNFC