Messi Xavi va "Barselona" futbolchilariga o'zini PSJga moslashishi qiyin bo'layotganini aytdi

Оқил Абдубарноев
4 fev 2022, 21:42
Hujumchi Lionel Messi PSJga moslashishda qiynalmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi o'tgan hafta Parijdan Barselonaga o'zining Barselonadagi eng yaxshi do'stlari Serji Buskets va Jordi Alba bilan kechki ovqatni birga o'tkazgan.

Messi yapon restoranida 42 yoshini nishonlayotgan Xavi bilan uchrashdi va bayram dasturxonida birga bo'ldi.

Xabarga ko'ra, Messi boshqa mamlakatlar va boshqa jamoaga moslashish qanchalik qiyinligi haqida gapirgan. Argentinalik futbolchi restoranni jiddiy qiyofada tark etgan.

Manbaning qayd etishicha, Messi PSJda motivaciya topa olmayotgani qayd etilgan. Parijda u futbol maydoni va basseynsiz uyda yashaydi, Barselonadagi ko'shkida esa bularning barchasi muhayyo edi. Leo Kataloniya tilini, iqlimini, do'stlarini va shaharni sog'inishini takidlagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: El Confidencial