Messi va Dibala terma jamoaga chaqirildi, Aguero esa yo'q

Aslanov Jasurbek
23 avg 2021
Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi JCH-2022 doirasida sentyabr oyida bo'lib o'tadigan saralash o'yinlari uchun terma jamoa tarkibni e'lon qildi.

Darvozabonlar: Emiliano Martines (Aston Villa), Franko Armani (River Pleyt), Xuan Musso (Atalanta), Xeronimo Ruli (Vilyarreal).

Himoyachilar: Gonsalo Montel, Markos Akunya (ikkalasi – Sevilya), Nikolas Otamendi (Benfika), Xerman Pesselya (Betis), Nikolas Talyafiko, Lisandro Martines (ikkalasi – Ayaks), Lukas Martines (Fiorentina), Kristian Romero (Tottenxem), Nauel Molina (Udineze), Xuan Foyt (Vilyarreal).

Yarim himoyachilar: Leandro Paredes, Anxel Di Mariya (ikkalasi – PSJ), Gido Rodriges (Betis), Djovani Lo Chelso (Tottenxem), Eksekiel Palasios (Bayer), Nikolas Dominges (Bolonya), Rodrigo De Paul, Anxel Korrea (ikkalasi – Atletiko), Papu Gomes (Sevilya), Nikolas Gonsales (Fiorentina), Xoakin Korrea (Lacio), Emiliano Buendia (Aston Villa).

Hujumchilar: Lionel Messi (PSJ), Lautaro Martines (Inter), Paulo Dibala (Yuventus), Xulian Alvares (River Pleyt).

Eslatib o'tamiz, JCH-2022 saralashi doirasida argentinaliklar 3 sentyabr kuni Venesuelaga qarshi maydonga tushadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Argentina