Messi ushbu mavsumda faqatgina penaltidan gol urmoqda

Mirjalol Normatov
29 okt 2020
"Barselona" bugun YCHLning 2-turida "Yuventus"ni mag'lub etdi

Uchrashuvning 91-daqiqasida kataloniyaliklarning ikkinchi golini Leo Messi kiritdi. U Ansu Fatiga qarshi ishlatilgan foldan keyin belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.

Ushbu mavsumda Messi 4 gol urdi va ularning barchasi penaltidan keyin amalga oshdi.

Bunga qadar u "Barselona" tarkibida 3 ("Vilyareal", "Ferencvarosh" va "Yuventus") hamda Argentina termasida 1 (Ekvador) marta penaltidan aniq foydalandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal