Messi tufayli Grizmann "Barselona"ga o'tmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
29 may 2019, 23:44
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmann "Barselona" futbolchilari uning transferiga qarshi bo'layotganidan jaxli chiqqan.

Bugun Leo Messi matbuot anjumanida Grizmann haqida hech qanday fikrga ega emasligi borasida gapirgandi. Grizmann "Barselona"dan ushbu gaplar uchun tushuntirish so'ragan. Ammo ular bunga javob berishmagan.

Grizmann bundan xafa bo'lgan va shu sababli "Barselona"ga emas, boshqa jamoaga o'tmoqchi. Shunday bo'lgan taqdirda, uning uchun "Real" va "Manchester Yunayted" da'vogarlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport