Messi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi

Aslanov Jasurbek
10 avg 2021
Lionel Messi PSJda tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Hujumchi Lionel Messi PSJ klubiga o'tishi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi. Taniqli insayder, Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, jarayon muvaffaqiyatli kechgan. Tez orada Messi transferning boshqa rasmiyatchiliklarini hal qilish uchun o'zi yashab turgan mehmonxonaga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, ertaga soat 14:00 da Lionel Messi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://twitter.com/FabrizioRomano