Messi terma jamoa tarixidagi rekordchiga aylandi

Aslanov Jasurbek
15 okt 2025, 12:50
Lionel Messi terma jamoalar darajasida jahon rekordini o'rnatdi.

38 yoshli hujumchi bugungi Puerto-Riko bilan bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvida (6:0) ikkita golli uzatma berdi. Shu bilan uning Argentina termasi safidagi assistlari soni 60 taga etdi.

Messi shu tariqa Neymar va AQSH terma jamoasi sobiq hujumchisi Lendon Donovanning (58 ta assist) natijasini yangiladi.

Professional karerasi davomida (klublar va terma jamoani qo'shib hisoblaganda) Messi 398 ta golli uzatma amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal