Messi, Ronaldu va Robben Yevropaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2013, 18:34
UEFA o'tgan mavsumda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun da'vogar futbolchilarni e'lon qildi.
Ushbu ro'yxatdan quyidagi futbolchilar o'rin olishdi:

Garet Beyl – Tottenxem

Robin van Persi – Manchester Yunayted

Krishtianu Ronaldu – Real

Lionel Messi – Barselona

Zlatan Ibragimovich – PSJ

Aren Robben – Bavariya

Frank Riberi – Bavariya

Tomas Myuller – Bavariya

Bastian Shvaynshtayger – Bavariya

Robert Levandovski – Borussiya (Dortmund)

Ushbu sovrin 2011 yil UEFA prezidenti Mishel Platinining tashabbusi bilan tasis etilgandi. Sovrin 29 avgust kuni yangi mavsum Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi vaqtida g'olibga topshiriladi.

G'olibni UEFAga kiruvchi 53 ta davlatning eng yaxshi jurnalistidan iborat hayat a'zolari aniqlashadi. Har bir jurnalist 5 ta futbolchiga o'rinlari bilan ovoz beradi. O'tgan yil bu sovrinni Andres Inesta qo'lga kiritgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru