Messi - PSJning "Manchester Siti"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasida

Alisher
28 sen 2021, 15:40
PSJ Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-tur doirasida "Manchester Siti" bilan o'ynaydi.

Parijliklar safiga tizzasidagi jarohat sabab so'nggi ikki o'yinni o'tkazib yuborgan hujumchi Lionel Messi qaytgan.

Tarkibiga 5 sentyabrdan beri maydonga chiqmagan yarim himoyachi Marko Verratti ham qaytgan.

PSJ qaydnomasi: Navas, Donnarumma, Letele, Xakimi, Kimpembe, Markinos, Dagba, Kurzava, Diallo, Kerer, Mendesh, Verratti, Paredes, Danilu, Veynaldum, Errera, Draksler, Guye, Ebimbe, Mbappe, Ikardi, Neymar, Messi.

Eslatib o'tamiz, PSJ bugun "Man Siti" bilan o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi.






O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: psg.fr