Messi Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishi mumkinmi?

Khoja
13 fev 2024, 09:29
Argentina Olimpiya terma jamoasi ustozi Xaver Maskerano Lionel Messini Parij-2024 Olimpiadasiga olib ketishga tayyorligini ma'lum qildi.

“Messi bilan aloqalarim qanday? Ajoyib, Messi singari futbolchi bizga Olimpiya o'yinlarida katta yordam berishi mumkin. Agar u istasa, men uni Olimpiya terma jamoasiga chaqiraman”, - dedi Xaver Maskerano.

Eslatib o'tamiz, Olimpiya o'yinlarida terma jamoalarga U-23 yosh toifasidan katta bo'lgan uch nafardan futbolchi olib ketish imkoni beriladi.

Ma'lumot uchun, Messi Pekin-2008 Olimpiya o'yinlarida terma jamoasi bilan g'oliblikni qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com