Messi MLS reglamentini buzdi

Omonjon To`xtamirzayev
28 avg 2023, 13:42
"Inter Mayami" forvardi Lionel Messi MLSdagi debyut o'yinidan keyin reglamentni buzgani uchun jazolanishi mumkin.

"Nyu‑York Red Bullz"ga qarshi uchrashuvdan keyin (2:0) Leo jurnalistlar oldiga o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashish va ularning savollariga javob berish uchun chiqmagan. Bu esa reglamentga zid hisoblanadi.

MLS bu vaziyat yuzasidan argentinalikni qanday jazo belgilashi hozircha noma'lum.

Eslatib o'tamiz, Messi chempionat doirasidagi debyut o'yinida gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal