Messi "Inter Mayami"ga o'tadi. MLS klubi Leo bilan kelishib oldi

Administrator
7 iyun 2023, 20:55
Lionel Messi "Al Hilol"ga o'tmaydigan ko'rinadi.

PSJ klubidan ketgan Lionel Messi "Inter Mayami"ga o'tadi. Bu haqda jurnalist Gilem Balage ma'lum qildi. 

The Independent nashri jurnalistining xabar berishicha, Messi va klub kelishib olishdi.

El Partidazo de COPE nashri ham Lionelning "Inter Mayami"ga o'tishi haqida yozdi. Messi "Barselona"ga qaytmaydi. 

Avvalroq, Leo Messiga "Al Hilol", "Inter Mayami" va "Barselona" klublari qiziqayotgani ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/GuillemBalague