Messi Marokashga qarshi o'ynamaydigan bo'ldi

23 mar 2019, 09:50
Bu haqda Argentina terma jamoasining Tvittyerdagi sahifasida xabar berildi.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining chovi (qorinning ostki qismi) bilan bog'liq jarohati bezovta qilgan. Shu boisdan Messi Marokashga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.

Eslatib o'tamiz, Messi uzoq tanaffusdan so'ng kecha Venesuelaga qarshi maydonga tushdi. Ammo uning jamoasi 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Аргентина терма жамоасининг Твиттердаги саҳифаси