Messi LaLiganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
5 apr 2019, 17:58
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "LaLiganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritdi.

Argentinalik futbolchi o'tgan oyda o'tkazilgan 5ta o'yinda 7ta gol urib, 1ta golli pas berdi.

31 yoshli forvardi joriy mavsum "Barselona" safida 39ta uchrashuvda maydonga tushib, 42ta gol urdi va 21ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/LaLigaEN