Messi jarohat sabab PSJning "Loryan"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
5 noya 2022, 17:17
PSJ hujumchisi Lionel Messi "Loryan"ga qarshi Fransiya chempionati 14-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Uning jarohati jiddiy emas. Leoning o'yinda tushmasligi - ehtiyot chorasi: u kelasi haftada jamoaviy mashg'ulotlarni davom ettiradi.

Argentinalik forvard joriy mavsum Liga 1da 12ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 10ta assist qayd etdi.

"Loryan" - PSJ o'yini 6 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe