Messi Ispaniyaga qarshi bahsda ishtirok etadimi?

Aslanov Jasurbek
27 mar 2018
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jarohat sabab Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi mashg'ulotda Messi engil shikastlangan. Milliy jamoa murabbiylar shtabi argentinalikning sog'ligi bilan tavakkal qilishni istamadi va Messini Ispaniyaga qarshi bahsda maydonga tushirmaydi.

Ispaniya hamda Argentina terma jamoalari o'rtasidagi bahs 27 mart kuni "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo