
Bu ikki futbolchi chempionat doirasida klub uchun jami 223 ta gol urishgan.
Bundan tashqari Messi La Liganing eng zo'r goleadorlari qatoridan joy oldi. Bu borada u faqatgina “Atletik” klubining sobiq hujumchisi Telmo Sarridan ortda qolmoqda (251 ta gol).
Eslatib o'tamiz, “Almeriya”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida Messi oyog'idan jarohat oldi va 2-3 haftani o'tkazib yuboradi.