Messi Ispaniya chempionati doirasida “Barselona”ning eng zo'r to'purarini quvib etdi

30 sen 2013, 10:07
Ispaniya chempionati 7-tur doirasida “Almeriya”ga qarshi o'yinda (2:0) gol urishga erishgan “Barselona” klubi hujuchisi Lionel Messi, kataloniyaliklar uchun kiritgan gollari bo'yicha, klubning sobiq hujumchisi Sesar Rodriges bilan tenglashib oldi.

Bu ikki futbolchi chempionat doirasida klub uchun jami 223 ta gol urishgan.

Bundan tashqari Messi La Liganing eng zo'r goleadorlari qatoridan joy oldi. Bu borada u faqatgina “Atletik” klubining sobiq hujumchisi Telmo Sarridan ortda qolmoqda (251 ta gol).

Eslatib o'tamiz, “Almeriya”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida Messi oyog'idan jarohat oldi va 2-3 haftani o'tkazib yuboradi.


Manba: sports.ru