

Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, argentinalik "Vilyarreal"ga qarshi o'yin (2:1)da olgan jarohatidan kutilgandan ko'ra tezroq tuzalmoqda.
Xabar qilinishicha, futbolchining tiklanishi shu tempda davom etsa, uni "Inter" bilan o'yin qaydnomasiga qo'shishni o'ylashmoqda.
"Barselona" Messining salomatligiga katta ehtiyotkorlik bilan qaramoqda. Uning "neradzurrilar" bilan o'yinda ishtirok etishi o'yindan oldingina ma'lum bo'ladi. Murabbiylar shtabi futbolchining sog'lig'i bilan tavakkal qilmoqchi emas.

"Barselona" jamoasi "Inter"ga qarshi 2 oktyabr oqshomida o'ynaydi.



