Messi "Inter Mayami" uchun qachon debyut qiladi?

Mirjalol Normatov
20 iyun 2023
Leo Messi bir oydan keyin "Inter Mayami" uchun debyut qilishi mumkin.

Klub prezidenti Xorze Masning ma'lum qilishicha, argentinalik futbolchi 21 iyul kuni jamoadagi ilk o'yinida qatnashishi kutilmoqda.

"Biz stadionimizda o'rindiqlarni ko'paytirish bobida shartnoma ham imzoladik. Yaqin 4 hafta ichida ushbu ishlarni amalga oshirish uchun harakat qilyapmiz.

Har bir o'yin uchun chiptalar sotib bo'lingan. Hatto chiptalarga bo'lgan talab 10 baravarga oshgan", - dedi Mas.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian