Messi Braziliya - Argentina o'yinining to'xtab qolishiga munosabat bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
6 sen 2021, 07:36
Argentina terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi Braziliyaga qarshi o'yinning to'xtatib qo'yilishiga munosabat bildirdi.

"Biz uch kundan beri mamlakatdamiz. Nima uchun siz avvalroq kelmadingiz? Bizni butun dunyo kuzatib turibdi", - deya Braziliyadagi sog'liqni saqlash tashkilotiga murojaat qildi Messi.

Eslatib o'tamiz, o'yin 4-daqiqada to'xtatib qo'yildi. 

Gap shundaki, Buyuk Britaniyadan Braziliyaga kelgan har bir kishi 14 kunlik karantindan o'tishi kerak. Argentinaliklar safida esa darvozabon Martines, himoyachi Romero, yarim himoyachilar Lo Chelso va Buendia maydonga tushirilgandi. Ularning to'rttasi ham Premer-ligada o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: RMC Sport