Messi "Bordo"ga qarshi o'ynamaydi, Ramos kelasi hafta qaytadi

Aslanov Jasurbek
5 noya 2021, 19:11
PSJ rasmiy sayti jamoadagi jarohat olgan futbolchilarning ahvoli haqida ma'lumot taqdim qildi.

Hujumchi Lionel Messi "Bordo"ga qarshi maydonga tushmaydi, sababi u tizzasi va son qismidagi jarohatini davolamoqda.

Parij klubida hali debyut o'tkazmagan himoyachi Serxio Ramos kelasi hafta umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytadi.

Yarim himoyachilar Marko Verratti va Leandro Paredes hamda himoyachi  Presnel Kimpembe esa jarohatlardan tiklanishda davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psg.fr