Messi Barselona safida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2014, 23:23
Bugun Ispaniya chempionati doirasida Osasunaga qarshi o'yinda uchta gol urgan Barselona hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubi safida barcha musobaqalardagi o'zining 371-golini urdi.
Shunday qilib, argentinalik futbolchi Barselonaning barcha zamonlardagi eng yaxshi to'purari bo'lib oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru