Messi assistlar bo'yicha 6-marotaba xet-trikka erishdi

Eldor Akmurzayev
29 noya 2021, 08:55
Fransiya chempionati 15-turida PSJ 3:1 hisobida “Sent-Eten”ni taslim etdi.

Parijliklar forvardi Lionel Messi jamoasining barcha gollariga hammuallif bo'ldi. 34 yoshli futbolchi faoliyati davomida oltinchi marotaba assistlar bo'yicha xet-trik qayd etdi (“Barselona”da 4 marta, Argentina TJ va PSJda bittadan).

Messi joriy mavsum Liga 1'da 7 o'yinda qatnashib, 1+3 natija ko'rsatib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru