Messi "Anje"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
19 apr 2022
Bo'lajak bahsda PSJga 9 nafar futbolchi yordam bera olmaydi.

Lionel Messi "Anje" bilan uchrashuvda qatnashmasligi ma'lum bo'ldi.

PSJ hujumchisi jarohat tufayli Liga 1 ning 33-tur o'yinida ishtirok etmaydi. Yaqin 48 soat ichida argentinalik yana tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Marko Verratti, Presnel Kimpembe, Ander Errera, Leven Kurzava, Yulian Draksler, Leandro Paredes va Abdu Diallo ham jarohat sabab maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari, Neymar diskvalifikaciya qilingan.

PSJ 20 aprel kuni "Anje"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr