Messi 15 yilda ilk bor Chempionlar Ligasi pley-offida gol urmadi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2022, 21:27
PSJ hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Real"ga qarshi har ikki bellashuvda darvozaga yo'l topa olmadi.

Shunday qilib, argentinalik forvard 15 yil ichida birinchi marta eng nufuzli evrokubok pley-offida gol urmadi.

Messi oxirgi marta 2006/07 yilgi YCHL pley-offida to'p kirita olmagan. O'shanda "Barselona" 1/8 finalda "Liverpul"ga mag'lubiyatga uchrab, musobaqa bilan xayrlashgan.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli hujumchi "Real"ga qarshi birinchi o'yinda penaltidan unumli foydalana olmagandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sport.news.am