Menotti: "Inesta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga umid qilishda davom etaman"

Aslanov Jasurbek
24 okt 2016, 15:18
Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Sesar Luis Menotti yana bir bor "Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta nomiga iliq so'zlar aytdi.

"Inesta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga umid qilishda davom etaman. U jahonning eng yaxshi futbolchisi. Maydonning har bir qarichi uning nazoratida" - deydi Menotti.

Inesta "Valensiya"ga qarshi bahsda (3:2) jiddiy jarohat oldi va 6-8 haftaga safdan chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca