Mendi "quruq" o'yin o'tkazish bo'yicha De Xea, Lorisdan yaxshi natija qayd etmoqda

Mirjalol Normatov
22 dek 2020, 11:57
"Chelsi" posboni Eduar Mendi "Vest Xem"ga qarshi o'yinda ham darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.

Shu orqali senegallik posbon mavsumda oltinchi marta "quruq" o'yin o'tkazdi va bu natija bilan 2-o'rinni "Manchester Siti" posboni Ederson bilan bo'lishib turibdi.

Ushbu ro'yxatda birinchi o'rinni 7 o'yinda darvozasidan gol o'tkazib yubormagan "Aston Villa" posboni Emiliano Martines qayd etilgan.

Mendi "Chelsi"da 4-turga kelib, debyut uchrashuvini o'tkazdi. Shunday bo'lsa-da, u Ugo Loris (5 o'yin), Alisson (3 o'yin) va David De Xea (3 o'yin)dan yaxshi natija qayd etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal