Mendi Mendi o'rniga Fransiya terma jamoasiga chaqirildi

13 noya 2018, 09:00
FIFA kunlari boshlanishidan oldin Fransiya terma jamoasi tarkibida o'zgarishlar sodir bo'ldi.

“Lion” klubining 23 yoshli himoyachisi Ferlan Mendi mamlakat milliy terma jamoasidan chaqiruv oldi. U “Manchester Siti”ning jarohat olgan 24 yoshli himoyachisi Benjamen Mendi o'rniga taklif etildi.

Ma'lumot uchun Fransiya terma jamoasi 16 noyabr sanasida Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida Niderlandiyaga qarshi kurash olib boradi. 20 noyabrda esa Urugvay bilan o'rtoqlik o'yinida qatnashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe