Melenchuk bir oyga safdan chiqdi

Xabaringiz bor, O'zbekiston chempionati 13- turida Navoiyning "Qizilqum" klubiga qarshi bellashuvda jamoamiz darvozaboni Aleksandr Melenchuk o'yinning 13 daqiqasidayoq jaroxatlangandi.
Uning o'rniga Xurshid Xo'jaev uchrashuvni davom ettirgandi. Moldovalik legioner "Lokomotiv"ga qarshi mamlakat kubogi 1/8 final javob bellashuvini o'tkazib yuborishga ham majbur bo'ldi. 

"Lochinlar" shifokori ma'lum qilishicha, Melenchuk 1 oy muddatga safdan chiqqan. Ma'lum bo'lishicha, Aleksandrning chap oyoq axill paylari cho'zilgan. Demak, birinchi davraning qolgan bahslarida (26 iyun, 14- tur "Sho'rtan"; 1 iyul 15- tur "Lokomotiv") golkiperimiz "Navbahor"ga yordam bera olmaydi. 

Futbolchining o'zidan axvolini so'raganimizda davralar oralig'idagi jamoa yig'inlaridagina mashg'ulotlarga qo'shilishini ma'lum qildi. Melenchukni tezroq sog'ayib, safga qaytishini tilab qolamiz.

Manba: pfcnavbahor.uz