Sofascore. "Bashakshehir" durang o'ynadi. Shomurodov necha baho oldi?

7 apr 2026, 08:19
Kecha Turkiya chempionatining navbatdagi turida "Istanbul Bashakshehir" jamoasi "Kojaelispor" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Mehmonlar safida O'zbekiston MTJ sardori Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 84-daqiqada zaxiraga olindi.

Ushbu bahsni terma jamoamizning yana bir futbolchisi Abbosbek Fayzullaev jarohat sababli o'tkazib yuborgan.

Sofascore nashri kechagi uchrashuv uchun Shomurodovga 6,4 baho qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sofascore