Meksika termasi ustozi Xayme Lozano O'zbekiston qiyin raqib ekanligini ta'kidladi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2023, 13:33
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xayme Lozano jamoasidan nimalar kutishi va FIFA kuni doirasidagi ikkinchi raqibi bo'lgan O'zbekiston haqida to'xtaldi.

"Biz hisob qanday bo'lishidan qati nazar oxirgi daqiqalargacha o'ynashimiz kerak.

Ektor Erreraning o'yinlarini qadrlayman. U jamoadoshlariga qo'lidan kelganicha yordam bermoqda.

O'zbekiston nomi jarangdor eshitilmasligi va katta raqib bo'lmasligi mumkin, ammo ular Amerika Qo'shma Shtatlariga qarshi o'yinda 90 va 98-daqiqalarda gol o'tkazib yuborgach, 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi", – dedi Lozano.

Shuningdek, mutaxassisning ma'lum qilishicha, asosiy tarkibda hech bir futbolchi uchun joy kafolatlanmagan va O'zbekiston bilan bahsda oldingi o'yinlarga qaraganda o'zgarishlar bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Meksika – O'zbekiston uchrashuvi 13 sentyabr kuni Atlantadagi "Mersedes-Benc Stedium"da o'tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 4:30 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: notisistema.com