Meksika terma jamoasi himoyachisi Layyun Liverpulga o'tadimi?

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2014, 16:02
Meksika terma jamoasi chap qanot himoyachisi Migel Layyun faoliyatini Angliyaning Liverpul klubida davom ettirishi mumkin.
Amerika klubi futbolchisi JCH-2014dagi yorqin o'yini tufayli qizillar bosh murabbiyi Brendan Rojersning e'tiboriga tushdi.

Rojers o'tgan mavsum oxiridagi omadsizliklar tufayli himoyani kuchaytirishni o'ylab turibdi.

Liverpul tezroq harakat qilishi kerak, sababi Layyunga Inter va boshqa klublar qiziqish bildirishmoqda.

Futbolchining o'zi aynan Angliya premer-ligasida o'ynash niyatida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru