Meksika terma jamoasi sobiq o'yinchisi koronavirusdan vafot etdi

Alisher
15 iyun 2020, 10:44
Meksika terma jamoasi sobiq futbolchisi Aaron Padilya 77 yoshida vafot etdi.

O'limga sabab esa koronavirus infekciyasidir. Padilya Meksika terma jamoasi safida 55ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan.

Sobiq futbolchi shuningdek ikkita jahon chempionati (1966 va 1970 yillardagi)da ham ishtirok etgan.

Padilya klub miqyosida Meksikaning "Pumas", "Atlante" va "Verakrus" jamoalari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: CNN