Meksika JCH-2018 yo'llanmasiga ega chiqdi!

Narzulla Saydullayev
2 sen 2017, 08:48
Bugun tongda KONKAKAF mintaqasida JCH-2018 saralashi doirasidagi navbatdagi tur o'yinlari o'tkazildi.
AQSH terma jamoasi o'z uyida asosiy raqiblaridan biri bo'lgan Kosta-Rikaga yutqazib qo'ydi.

Gonduras g'alaba qozonib AQSHga ochkolar bo'yicha yetib oldi. Meksika esa Panamani kichik hisobda taslim qilib saralash bahslar tugashiga 3 tur qolganida muddatdan avval Rossiyadagi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, aynan mana shu qitada to'rtinchi o'rinni olgan jamoa Osiyo qitasi pley-offida g'olib bo'lgan jamoa bilan mundial chiptasi uchun kurashadi.

AQSH - Kosta-Rika 0:2
Gollar:
Markos Urenya 30, 82

Trinidad va Tobago - Gonduras 1:2
Gollar:
Joevin Jons 67 penalti - Aleksander Lopez 7, Albert Elis 17

Meksika - Panama 1:0
Gol:
Irving Lozano 53


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia