MDH o'yinlari. Mezbon Rossiyaga 1:9 hisobida yutqazdik

Aziz Tukhtamuradov
9 sen 2021, 09:17
Ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida birinchi MDH o'yinlari o'tkazilmoqda.

Musobaqa dasturidan futzal bellashuvlari ham o'rin olgan. Unda o'zbekistonlik yosh futzalchilar (U-20) ham ishtirok etishmoqda. 

Kecha terma jamoamiz mezbon Rossiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:9 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

MDH o'yinlari. Qozon.

O'zbekiston (U20) - Rossiya (U20) 1:9

O'zbekiston terma jamoasi safida quyidagi futzalchilar maydonga tushishdi:

Birinchi beshlik: Kamol Nazarov, Qosimjon Safarov, Daler Eshonqulov, Shahram Faxriddinov, Artur Umurov. 

Zaxiradan: Timur Salimov, Muhammadyusuf Muhammadjonov, Damir Mamadoliev, Abdusattor Abdurahmonov, Nurillo Toshtemirov, Samandar Murodqulov, Umidjon Maxramov.

Murabbiy: Furqat Hayrullaev. 

Terma jamoamiz safidagi yagona golga Daler Eshonqulov ikkinchi bo'limda mualliflik qildi. 


MDH o'yinlaridagi medallarimiz 67 taga etdi, shundan 17 tasi "tilla" + JADVAL

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia