Mbappening oilasi kelasi haftada Madridga yo'l oladi

Alisher
23 apr 2022, 12:17
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening oilasi kelasi haftada "Real" rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazish uchun Madridga yo'l oladi.

Fransiyalik futbolchi yozda "Real"ga o'tsa, uning imidj masalalari qanday bo'lishi muhokama qilinadi. O'yinchi va klub o'rtasidagi kelishuv tez orada ma'lum qilinadi.

Mbappe joriy mavsum parijliklar safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 22ta assist qayd etdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport