Mbappe: "Terma tarkibida o'ynab, bir evro ham olganim yo'q"

Mirjalol Normatov
5 okt 2021
Fransiya termasi forvardi Kilian Mbappe Evro-2020dan keyin uning manziliga bo'layotgan tanqidlar haqida gapirdi.

"Terma tarkibida o'ynab, bir evro ham olganim yo'q. Doimo termada tekinga o'ynayman. Ammo shu bilan birga termada muammo chiqarishni istamayman.

Shunday payt keldiki, muammo yaratayotganimni his qildim. Boshqa insonlar ham buni seza boshladi. Ularning aytishiga ko'ra, mening egoistligim sabab jamoa mag'lub bo'lgan. Men bo'lmaganimda terma g'alaba qozonishi mumkin edi.

Asosiysi - Fransiya termasi. Agarda terma mensiz yaxshiroq o'ynaydigan bo'lsa, termadan kyetishga tayyorman.

Mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre bilan uchrashdim va buni muhokama qildim. Shveytsariyaga qarshi o'yinda urilmagan penaltidan keyin "maymun" deb haqorat qilishgani meni shokka solib qo'ydi.

Tan olaman, penaltidan ura olmaganim - mening aybim. Biroq ko'proq qo'llab-quvvatlovni kutgandim. Albatta, buni talab qilmayman. Lekin bunday holatlarda odamni erga urishingizni istamayman.

Terma mag'lub bo'lganida barcha jaxl otiga minishini tushunib turibman. Men faqatgina "maymun" so'ziga jiddiy e'tibor berishingizni so'rab qolgan bo'lardim.

Ayni damda barchasi ortda qoldi. Fransiya termasi qattiq yaxshi ko'raman", - dedi futbolchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe