Mbappe "Real"da 10-raqamning yangi egasiga aylandi

Administrator
30 iyul 2025, 00:47
Kilian yangi mavsum yangi raqamda harakat qiladi.

Kilian Mbappe "Real"da 10-raqamni oldi.  Madrid klubi fransiyalik hujumchining "Milan"ga o'tgan Luka Modrichga tegishli bo'lgan 10-raqam ostida o'ynashini ma'lum qildi.

"Real" shuningdek, Mbappening yangi futbolkalarini sotuvga chiqardi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi o'tgan mavsumda 9-raqamda maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: realmadrid.com