Mbappe PSJning ramziy jamoasini tuzdi

Alisher
26 okt 2020, 10:37
PSJ 50 yilligi munosabati bilan o'z o'yinchilariga klub tarixidagi barcha o'yinchilardan tuzilgan ramziy jamoalarni tuzishlarini taklif etdi.

Shuningdek, parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe ham o'z talqinidagi jamoani taqdim etdi:


Darvozabon: Lama

Himoyachilar: Alves, T. Silva, Yepes, Maksvell

Yarim himoyachilar: Motta, Jorkaef, Daxleb, Ronaldinyo

Hujumchilar: Ibragimovich, Pauleta.


Qayd etish kerakki, Kilian klub tarixidagi eng yaxshi to'purar Edinson Kavanini jamoasiga qo'shmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: besoccer.com