Mbappe PSJning CHL yarim final "Man Siti"ga qarshi javob o'yini uchun qaydnomaga kiritildi

Alisher
3 may 2021, 16:28
PSJ UEFA Chempionlar Ligasi yarim final "Manchester Siti"ga qarshi javob o'yini uchun qaydnomasini e'lon qildi.

Ro'yxatdan 25 nafar futbolchi, jumladan 2 may kungi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan Kilian Mbappe ham o'rin oldi.

PSJ: Navas, Riko, Saidani, Randriamami, Bakker, Kimpembe, Markinos, Diallo, Florenci, Dagba, Kerer, Kurzava, Errera, Danilo, Rafinya, Verratti, Paredes, Geye, Neymar, Sarabiya, Draksler, Di Mariya, Kin, Ikardi, Mbappe.

Ilk o'yin "shaharliklar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi. Javob o'yini 4 may kuni "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: psg.fr